Главная » 2013 » Май » 15 » Хоразм Тарихи
13:30 Хоразм Тарихи | |
XIVA SHAHRI Tarixi va buguni.
Bugungi kunda Xiva Shahrini
qiyofasi haqiqatan tanib bo`lmas darajada ko`rkamlashib millionlagan
chet ellik sayyoxlarni ko`zini qamashtiradigan darajaga etdi.Ko`z
tegmasin Mustaqilligimiz Sharofati ila Xiva ni obodonlashtirish uchun
hukumatimiz nihoyat darajada ko`plab mablag`lar ajratib uni Xiva ni obod
maskanga aylantirish uchun juda katta mehnatlar sarfladi va natijada
Xiva juda ajoyib bir dunyo sivilizasiya markazlaridan biriga aylanib
kelayotgan turistlar soni yildan yilga oshib bormoqda.
Xivani Tarixi
Xiva xonligining
tashkil topishi undagi ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot.
Manbaalarda ko'rsatilishicha XIX asr birinchi yarmida Xiva
xonligining xududi 19 ming kvadrat milni tashkil etgan. Xonlik janubida
Eron bilan, sharqda Buxoro amirligi, g'arbda Kaspiy dengizi, shimolda
qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Suvsiz, cheksiz Qoraqum, Qizilqum
sahrolari Xiva xonligini xududiy jixatdan boshqa
mamlakatlardan ajralib qo'ygan edi. Quyi Amudaryo bo'yi Xiva xonligining
markaziy qismlarini tashkil etar edi. Amudaryo sohillarida joylashgan Xiva, Urganch, Qiyot, Xazorasp, Qo'ng'irot, Xo'jayli, Kurdar (Chimboy) shaharlarni xonlikning yirik shaharlari edi. Xiva shahri xonlikning poytaxti edi. Shahar ichki qismdan Ichan qal'a (shaharning ichki qismi)dan iborat edi. Xiva xonligida
taxminan 800 mingga yaqin aholi yashardi. Aholining ko'pchilik qismi
o'zbeklar bo'lib, ulardan eng kuchli va ko'p sonlilari qo'ng'irot,
nayman, qiyot, uyg'ur, kunuz, qanchli, xitoy, qipchoq qabilalari edi. Xiva
shahri shaxsan xonning va boshqa vazirning izmida bo'lgan. Shahar ichki
tartibi osoyishtaligini mirshabboshi, jinoiy ishlarni ko'rish va jazo
tayinlash shahar qozisi, poytaxtni tasodifiy xujumlardan himoyalash
to'pchiboshi va Ichan qal'a, Dishon qal'a qutlovi zimmasida bo'lgan.
| |
|
Всего комментариев: 0 | |