Вторник, 16.04.2024, 15:42
Главная » 2013 » Май » 15 » Хоразм Тарихи
13:30
Хоразм Тарихи
XIVA SHAHRI Tarixi va buguni.
Bugungi kunda Xiva Shahrini qiyofasi haqiqatan tanib bo`lmas darajada ko`rkamlashib millionlagan chet ellik sayyoxlarni ko`zini qamashtiradigan darajaga etdi.Ko`z tegmasin Mustaqilligimiz Sharofati ila  Xiva ni obodonlashtirish uchun hukumatimiz nihoyat darajada ko`plab mablag`lar ajratib uni Xiva ni obod maskanga aylantirish uchun juda katta mehnatlar sarfladi va natijada Xiva juda ajoyib bir dunyo sivilizasiya markazlaridan biriga aylanib kelayotgan turistlar soni yildan yilga oshib bormoqda.
 
Xivani Tarixi
 
Xiva xonligining tashkil topishi undagi ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot. Manbaalarda ko'rsatilishicha XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligining xududi 19 ming kvadrat milni tashkil etgan. Xonlik janubida Eron bilan, sharqda Buxoro amirligi, g'arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Suvsiz, cheksiz Qoraqum, Qizilqum sahrolari Xiva xonligini xududiy jixatdan boshqa mamlakatlardan ajralib qo'ygan edi. Quyi Amudaryo bo'yi Xiva xonligining markaziy qismlarini tashkil etar edi. Amudaryo sohillarida joylashgan Xiva, Urganch, Qiyot, Xazorasp, Qo'ng'irot, Xo'jayli, Kurdar (Chimboy) shaharlarni xonlikning yirik shaharlari edi. Xiva shahri xonlikning poytaxti edi. Shahar ichki qismdan Ichan qal'a (shaharning ichki qismi)dan iborat edi. Xiva xonligida taxminan 800 mingga yaqin aholi yashardi. Aholining ko'pchilik qismi o'zbeklar bo'lib, ulardan eng kuchli va ko'p sonlilari qo'ng'irot, nayman, qiyot, uyg'ur, kunuz, qanchli, xitoy, qipchoq qabilalari edi. Xiva shahri shaxsan xonning va boshqa vazirning izmida bo'lgan. Shahar ichki tartibi osoyishtaligini mirshabboshi, jinoiy ishlarni ko'rish va jazo tayinlash shahar qozisi, poytaxtni tasodifiy xujumlardan himoyalash to'pchiboshi va Ichan qal'a, Dishon qal'a qutlovi zimmasida bo'lgan.
Просмотров: 3951 | Добавил: RuZmEt | Рейтинг: 3.0/4
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: